Yuksekova tumanida terrorizmga qarshi operatsiya o'tkazildi
Operatsiyada terror tashkiloti PKKga xizmat qilgan 6 terrorist o'ldirildi.
575140
![Yuksekova tumanida terrorizmga qarshi operatsiya o'tkazildi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/d432/f757/4eb7/57e38e9c66b59.jpg?time=1718341387)
Turk Qurolli Kuchlari Turkiya sharqidagi Hakkari viloyati Yuksekova tumanida terrorizmga qarshi operatsiya olib bordi.
Operatsiyada terror tashkiloti PKKga xizmat qilgan 6 terrorist o'ldirildi.
Turkiya Harbiy bosh shtabi ma'lum qilishicha, bugun tongi soatlarda dronlar vositasida Yuksekovadagi Muz tog'i etaklarida 6 ta terrorist aniqlangan.
Terroristlar o'ldirilar ekan, ular tomonidan foydalanilgan qurol zaxiralari portlatilgan.
Hakkari viloyati bo'ylab 4 avgust kuni boshlangan operatsiyada bugungacha jami 307 terrorist o'ldirildi.