Numan Kurtulmush Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

TBMM raisi Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda.

2143112
Numan Kurtulmush Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush hozirda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda. Shu doirada O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nuriddin Ismoilov va Senat raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashib, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingani haqida ma’lumot bo‘lishgan edik.

Numan Kurtulmush O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi ortidan ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali ma’lumot bo‘lishdi va unda:

“O‘zbekiston Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekiston bilan bo‘lgan do‘stligimiz va qardoshligimiz mintaqa, turk dunyosi va insoniyatga katta foyda keltirishiga ishonaman”. - dedi.



Aloqador xabarlar