O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining buguni va ertasi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Turkiya munosabatlarining buguni va ertasi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

2058630
O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining buguni va ertasi

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Turkiya munosabatlarining buguni va ertasi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar so‘zga chiqib, davlatlarimizni azaliy do‘stlik va uyg‘un madaniy aloqalar bog‘lab turishini ta’kidladi.

Tadbirda professor Xayrulla Hamidovning “O‘zbek adabiyotidan tanlangan asarlar: Hikoyalar – she’rlar (antologiya)” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Kitobda taniqli o‘zbek adib va shoirlarining eng go‘zal asarlarining turkcha tarjimalari jamlangan.  

– O‘zbek va turk xalqlari geografik jihatdan dunyoning turli burchaklarida joylashgan bo‘lsada, tili, tarixi va madaniyati bir-biriga yaqin bo‘lgani bois, ular o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalari tobora mustahkamlanib bormoqda, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid. –  Mustaqillik yillarida taniqli o‘zbek adiblarining asarlari turk tiliga, turk adabiyotining eng mashhur asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingani buning yorqin dalilidir.  Xayrulla Hamidov tomonidan tayyorlangan ushbu kitobda ham XX asr o‘zbek adabiyotining eng sara namunalaridan bo‘lgan atoqli yozuvchi va shoirlarning sara hikoya, she’r va dostonlari o‘rin olgan. Kitob O‘zbekistonda turk tilini o‘rganayotgan  talabalar, turk tili va adabiyoti o‘qituvchilari, shuningdek, tarjimashunoslik, qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma adabiyotshunoslik sohalarida ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar hamda turkiy kitobxonlarga manzur bo‘ladi, degan umiddaman.

Qayd etilganidek, o‘zbek xalqining turmush tarzi, urf-odatlarini adabiyot, xususan, badiiy tarjima orqali dunyoga tanitish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.  

Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston – Turkiya munosabatlari rivojlanishiga doir ma’ruzalar tinglandi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs magistranti Arzu Karausta tomonidan  tayyorlangan “Turkiya Respublikasining 100 yilligiga tarixiy nigoh” mavzuidagi videolavha namoyish etildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar