Qirg‘izistonda Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi bitimi ma’qullandi

Qirg‘iziston parlamenti, Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi kelishuviga oid qonun loyihasi muhokama qildi.

2154240
Qirg‘izistonda Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi bitimi ma’qullandi

Qirg‘iziston parlamenti Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi bitimini ma’qulladi.

Parlament raisi Nurlanbek Shakiyev raisligida yig‘ilgan 90 o‘rinli Parlament Bosh assambleyasida Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi kelishuviga oid qonun loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur taklifni Bosh Assambleyaga taqdim etgan Transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Irisbek Bariyev, «Qonun loyihasi Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasini yo‘lga qo‘yishni boshlash imkonini beradi», - dedi.

Bariyev, «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi Janubi - Sharqiy, G‘arbiy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari bozoriga chiqish imkonini beradi. Bu yo‘nalish tovarlarni Xitoydan Qirg‘izistonga, shuningdek Turkiya doxil Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari hamda Yevropa ittifoqiga yetkazib berilishini ta’minlaydi», - deya gapirdi.

Deputat Gulya Kojoqulova, Qirg‘iziston iqtisodiyoti rivojiga ijobiy tusda hissa qo‘shuvchi mazkur qonun loyihasini qo‘llab - quvvatlashini bildirdi.

Muzokaralar yakunida 6 - iyun kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida imzolangan «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li» loyihasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilindi.

Markaziy Osiyoda asr loyihasi sifatida qabul qilingan va Xitoy bilan Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘lovchi loyihani yo‘lga qo‘yish ishlari, joriy yilning oxirida boshlanishi ma’lum qilingandi.

 



Aloqador xabarlar