O'zbekiston xalqaro standartlashda Turkiya tajribasidan foydalanadi

O'zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurdi.

2153012
O'zbekiston xalqaro standartlashda Turkiya tajribasidan foydalanadi

 

O'zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan sertifikatlashtirish organi mutaxassislarining ish sifatini oshirish maqsadida muntazam xalqaro o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

Ana shunday o‘quv kurslarining navbatdagisi Turkiya davlatida bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro ekspertlar o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Xalqaro standartlarga muvofiq namuna olish jarayonini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar nazariy, ham amaliy tarzda olib borildi. Namuna olish jarayoni, xalqaro standartlar bilan ishlash va mahsulotni sertifikatlash; laboratoriyada tekshirish xarajatlarida bevosita xarajatlar tarkibini hisoblash va tahlil qilish; mahsulotlar, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash yuzasidan ma’lumotlar berildi.


Tanlangan kalimalar: #TSE , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar