Armaniston askarlari Ozarbayjon tomoniga qarshi oʻq uzgani aytilmoqda

Kecha, 13 - iyun kuni, Armaniston askarlari Ozarbayjon tomoniga qarshi oʻq uzgani aytilmoqda

2152800
Armaniston askarlari Ozarbayjon tomoniga qarshi oʻq uzgani aytilmoqda

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston armiyasiga qarashli askarlar tomonidan Naxchivon muxtor respublikasidagi Ozarbayjon mavzelariga qarshi oʻt ochilganini maʼlum qildi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida haqida berilgan bayonotda, kecha mahalliy vaqt bilan soat 10:05 dan 17:50 ga qadar Armaniston armiyasiga qarashli askarlar Naxchivon muxtor respublikasining Sharur viloyatining Havush, Ordubat viloyatining Nurgut, Shohbuz viloyatining Janubiy - Kishlak qishloqlari tomonidagi mavzelarga qarshi oʻq uzganliklari ma’lum qilindi.

Bunga qoʻshimcha ravishda mahalliy vaqt bilan soat 19:50 da Babek viloyatining Yuqori Buzgov qishlogʻi tomonidagi mavzelarga qarshi oʻq uzilgani aytilgan bayonotda, Ozarbayjon armiyasining ham otishmaga javob bergani qayd etildi.



Aloqador xabarlar