Turkiya Naxchivanga temir yo‘l qurishni rejalashtirmoqda

Loyiha bo‘yicha tayyorgarlik ishlari 2019 yilda boshlangan. Qarsdan Naxchivan viloyatining Ozarbayjon bilan chegarasigacha bo‘lgan yo‘nalishda beshta stansiya qurilishi kutilmoqda.

2043795
Turkiya Naxchivanga temir yo‘l qurishni rejalashtirmoqda

 

Turkiya Ozarbayjonning Naxchivan shahriga temir yo‘l qurilishi bo‘yicha tender tayyorlashni boshladi. Ushbu qurilishni besh yil ichida yakunlash rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘liga tayanib, “Yeni Şafak” gazetasi yozmoqda. 

“Tenderga texnik tayyorgarlik ishlari davom etmoqda, loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlandi. Qars-Naxchivan temir yo‘l yo‘nalishi uzunligi 224 kmni tashkil qiladi”, deydi vazir. 

Yo‘lni tashqi sarmoya va kreditlar jalb etish hisobiga qurish rejalashtirilgan. Uralo‘g‘lining aniqlik kiritishicha, loyiha 2023 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga texnik hujjatlarni tayyorlash maqsadida kiritilgan. Shuningdek, u 2024 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturining bandlaridan biri sifatida taklif etiladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalish Turkiyaning tashqi savdo va tranzit tashishdagi ustunligi va raqobatbardoshligini oshiradi. 

Loyiha bo‘yicha tayyorgarlik ishlari 2019 yilda boshlangan. Qarsdan Naxchivan viloyatining Ozarbayjon bilan chegarasigacha bo‘lgan yo‘nalishda beshta stansiya qurilishi kutilmoqda.

Poyezdlarning loyihaviy tezligi soatiga 160 kmni tashkil etadi. Mazkur yo‘nalish bo‘ylab 10 ta ko‘prik, 18 km suv tarmog‘i, 144 ta yer osti yo‘laklari qurilishi rejalashtirilgan.


Tanlangan kalimalar: #Naxchivan , #Turkiya

Aloqador xabarlar