Qozog‘iston Turkiya bilan bojxona nazorati tartibini soddalashtirmoqda

Tegishli qonunni Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev imzoladi.

2041573
Qozog‘iston Turkiya bilan bojxona nazorati tartibini soddalashtirmoqda

 

Qozog‘iston hukumati Turkiya bilan savdo qilishda bojxona nazorati muddatini qisqartiradi. Tegishli qonunni Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev imzoladi. 

Hujjat ikki davlat hukumatlari o‘rtasida 2022 yil 10 mayda Anqara shahrida imzolangan axborot almashinuvini tashkil etish va bojxona nazorati tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni nazarda tutadi. 

Bitim Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasida olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron ma’lumot almashish orqali bojxona nazorati samaradorligini oshirish va vaqtni qisqartirishga qaratilgan. 

Xususan, axborot almashinuvidan foydalanish va bojxona nazorati tartib-taomillarini soddalashtirish tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga chegarani o‘tkazish punktlarida chegaradan o‘tishning ustuvor tartibini ta’minlash, bojxona nazoratini o‘tkazish muddatlarini qisqartirish va bojxona rasmiylashtiruvlarini soddalashtirish ko‘zda tutilmoqda. O‘tkazish punktlarida bojxona ko‘rigidan ozod qilish, bojxona ishi va kontrabanda sohasida huquqbuzarlik belgilari aniqlangan hollar bundan mustasno.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar