Qorabog'da mina portlashi oqibatida ikki askar halok bo'ldi
Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, armanlar tomonidan qo'yilgan mina kecha mahalliy vaqt bilan soat 17:35 atrofida Ozarbayjon armiyasiga tegishli yuk mashinasi o'tib ketayotganda portlagani ma'lum qilindi.

Qorabog'da noqonuniy arman kuchlari tomonidan qo'yilgan minaning portlashi natijasida 2 askar halok bo'ldi.
Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, kecha mahalliy vaqt bilan soat 17.35 atrofida Ozarbayjon armiyasiga tegishli yuk mashinasi o'tib ketayotganda mina portlagani ma'lum qilindi.
Armaniston kuchlari tomonidan Ozarbayjon pozitsiyalari orasidagi ta'minot yo'liga terroristik maqsadlarda qo'yilgan minaning portlatilishi natijasida transport vositasidagi askarlardan 2 nafarining halok bo'lgani, biri esa yaralangani bildirildi.
Yarador askarning vaziyati og'ir emasligi qayd etildi.
Aloqador xabarlar

Ozarbayjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkaziladi
Ozarbayjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi 2024 - yilning 7 - fevrali kuni o‘tkaziladi.