Yashar Guler ADEX 2024 yarmarkasida ishtirok etdi

Yashar Guler, ADEX 2024 yarmarkasida ishtirok etish uchun Ozarbayjonda.

2191125
Yashar Guler ADEX 2024 yarmarkasida ishtirok etdi

Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler Ozarbayjonda.

Guler, milliy mahsulotlar ham namoyish etilgan Ozarbayjon xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasida ishtirok etdi.

Milliy Mudofaa vaziri Yashar Gulerga, Bosh shtab rahbari general Metin Gurak va harbiy qo‘mondonlar ham hamrohlik qildi.

ADEX 2024 yarmarkasiga Mudofaa sanoati rahbari Haluk Go‘rgun ham qatnashdi.

Yashar Guler va hay’ati, yarmarka maydonini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birgalikda tomosha qildi.

Yarmarkada ishtirok etganlar orasida Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zakir Hasanov va Somali Mudofaa vaziri Muhammad Nur ham bor edi.

Hay’at yarmarkadagi Turkiya mudofaa sanoati firmalarining yuqori texnologiyali mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Yashar Guler , #Ozarbayjon , #ADEX 2024

Aloqador xabarlar