Xonkendi shahrining elektr tarmog‘i Ozarbayjon elektr tarmog‘iga ulandi

Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida arman aholisi istiqomat qiladigan Xonkendi shahriga Shushadagi transformator markazidan elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

2041585
Xonkendi shahrining elektr tarmog‘i Ozarbayjon elektr tarmog‘iga ulandi

 

Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida arman aholisi istiqomat qiladigan Xonkendi shahrining elektr tarmog‘i Ozarbayjonning umumiy elektr tarmog‘iga ulandi.

Bu haqda Ozarbayjon Prezident ma'muriyati tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, Xonkendi shahrining elektr tarmog'i Armaniston energiya tizimidan ajratilib, Ozarbayjonning energiya tizimiga ulandi.

Xonkendi shahriga Shushadagi transformator markazidan elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

“Xonkendida Ozarbayjon chirog‘i yoqilmoqda” deyiladi bayonotda.

Eslatma: Ozarbayjon armiyasi 19-sentyabr kuni Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatish uchun aksilterror operatsiyasini boshlagandi.

Qorabog'dagi noqonuniy arman qurolli kuchlari taxminan 24 soat davom etgan operatsiyadan so'ng qurollarini tashladi.

Ozarbayjon rasmiylari va arman aholisi vakillari o‘rtasida 21-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda integratsiya jarayoni bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar