“Uzbekistan Airways” Toshkent-Anqara yo'nalishida parvozlarni boshlamoqda

Toshkent-Anqara-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta - shanba kunlari o‘rta masofaga parvoz qiladigan Airbus A320neo samolyotlarida amalga oshiriladi.

2039475
“Uzbekistan Airways” Toshkent-Anqara yo'nalishida parvozlarni boshlamoqda

 

2023 yilning 4 noyabr kuni “Uzbekistan Airways” milliy avikompaniyasining samolyoti ilk bor Toshkent shahridan Turkiya poytaxti Anqaraga uchadi.

Toshkent-Anqara-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta - shanba kunlari o‘rta masofaga parvoz qiladigan Airbus A320neo samolyotlarida amalga oshiriladi.

Yangi yo‘nalishga “Uzbekistan Airways Express” loukosteri xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilmoqda.

Anqara Markaziy Anadolu mintaqasida joylashgan, Turkiyaning ko‘p millatli poytaxtidir. Shahar ustida 1923 yilda poytaxtni Anqaraga ko‘chirgan Turkiyaning birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk qabri joylashgan muhtasham Anitqabr maqbarasi qad rostlagan.


Tanlangan kalimalar: #Anqara , #Uzbekistan Airways

Aloqador xabarlar