O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari Turkiyaga tashrif buyurdi

O'zbekiston delegatsiyasi Turkiya dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligining tahlil va nazorat hamda Fizika - kimyoviy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

2029935
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Tibbiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri –– ilg‘or tajribalarni o‘rganish va joriy qilish hamda tibbiyoti rivojlangan davlatlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatishdir.

Joriy yilning 16-17 avgust kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Turkiya sog‘liqni saqlash forumi doirasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Turkiya dori vositalari va tibbiy jihozlar agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.  

Mazkur kelishuvga binoan shu kunlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislaridan iborat delegatsiya rasmiy tashrif bilan Anqara shahrida bo‘lib turibdi.  

O'zbekiston delegatsiyasi Turkiya dori vositalari va tibbiy buyumlar agentligining tahlil va nazorat hamda Fizika - kimyoviy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tanishuv davomida mazkur laboratoriyalar ISO 17025 xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tgani, JSST qayta kvalifikatsiyadan o‘tish talablari bo‘yicha 2024 yil may oyida inspeksiyadan o‘tishi qayd etildi.  

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — Turkiya farmatsevtika sohasini o‘rganish, jumladan, dori vositalari siyosati, davlat xaridlari, farmatsevtika mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashishdir.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar