Qozogʻiston va Oʻzbekiston harbiy boʻlinmalari qoʻshma mashgʻulot oʻtkazdi

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida “Kanjar-2023” maxsus operatsiyalar o‘quv mashg‘ulotlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

2024475
Qozogʻiston va Oʻzbekiston harbiy boʻlinmalari qoʻshma mashgʻulot oʻtkazdi

 

Qozogʻiston va Oʻzbekiston harbiy boʻlinmalari terrorchi unsurlarga qarshi qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazdi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida “Kanjar-2023” maxsus operatsiyalar o‘quv mashg‘ulotlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

Ikki davlat mudofaa vazirlari Qozog‘istonning Mangistau viloyati chegaralarida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarni tomosha qildi.

Harbiy mashg'ulotlar jadvaliga koʻra, Qozogʻiston va Oʻzbekiston harbiy boʻlinmalari mintaqada faoliyat yuritayotgan xalqaro terror tashkiloti unsurlariga qarshi birgalikda operatsiya oʻtkazdi.

Markaziy Osiyoda harbiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Mi-8, MI-35 vertolyotlari, SU-30SM samolyotlari va Skylark 1LEX uchuvchisiz uchish apparatlari hamda ko‘plab piyodalar jangovar mashinalari, artilleriya va havo hujumiga qarshi tizimlardan foydalanildi.

Oy boshida O‘zbekistonda qo‘shma mashg‘ulotlarning birinchi bosqichi o‘tkazilgandi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar