O'zbekiston Hatayda zilziladan jabrlanganlarga 57 ta modulli uyni topshirdi

Turkiyaning Hatay provinsiyasida O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, ushbu  mamlakatda mehnat qilayotgan fuqarolar hisobidan sotib olingan va jihozlangan 57 ta modulli uylarni provinsiya aholisiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2007813
O'zbekiston Hatayda zilziladan jabrlanganlarga 57 ta modulli uyni topshirdi

 

Turkiyaning Hatay provinsiyasida O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, ushbu  mamlakatda mehnat qilayotgan fuqarolar hisobidan sotib olingan va jihozlangan 57 ta modulli uylarni provinsiya aholisiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Antakya provinsiyasi hokimi Izzettin Yilmaz, siyosiy partiyalarning provinsiya filiallari rahbarlari, provinsiya huquq-tartibot idoralari vakillari, shuningdek, O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Bosh konsulligi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida o‘zbekistonlik diplomatlar joriy yil 6 fevral kuni "asr falokatini" boshidan kechirgan qardosh turk xalqiga yana bir bor chuqur hamdardlik bildirdilar. Fojianing birinchi kunidan boshlab o‘zbek xalqi turk birodarlariga yordam qo‘lini  cho‘zishgani, Qurbon hayiti arafasida mustahkam uy-joy qurishdan oldin ushbu masalaning eng yaxshi yechimi bo‘lgan konteynerlarni topshirish bizning o‘zaro qon-qarindoshlik rishtalarimizni yana bir karra tasdiqlagani taʼkidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xatay provinsiyasini tiklash, jumladan, yaqin do‘stligimiz va hamjihatligimizning yana bir yorqin timsoliga aylanadigan yangi uy-joylar hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish borasidagi tashabbuslariga alohida eʼtibor qaratildi.

Antakya provinsiyasi hokimi Izzettin Yilmaz turk xalqi fojianing dastlabki soatlaridanoq O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan yordamni hech qachon unutmasligini taʼkidladi. Provinsiya hokimi O‘zbekistonlik qutqaruvchilar va harbiy shifokorlar o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, eng og‘ir sharoitlarda mehnat qilib, jasorat, matonat va professionallik ko‘rsatib, bedarak  yo‘qolgan hamda jarohatlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatganini qayd etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston diplomatlari  Ovakent tumanida yashayotgan etnik o‘zbeklarni qiziqtirgan savollarga batafsil  javob  berdilar. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, konstitutsiyaviy referendum natijalari, bo‘lajak muddatidan  ilgari Prezident saylovi jarayonlari haqida so‘zlab berildi.

Xatay provinsiyasida  bo‘lib o‘tgan  ushbu  tadbir mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab ijobiy fikrlar bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar