O‘zbekistonda referendum uchun ovoz berilmoqda

Bugun O‘zbekistonda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish uchun referendum o‘tkazilmoqda.

1981168
O‘zbekistonda referendum uchun ovoz berilmoqda

O‘zbekistonda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha uyushtirilgan referendumda ovoz berish boshlandi.

Mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan 11 mingga yaqin saylov qutilarida fuqarolar “O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilasizmi? - degan savolga “Ha” yoki “Yoʻq” deb javob beradi.

Chet eldagi fuqarolar ham dunyoning 39 davlatida (ular orasida Turkiya ham bor) tashkil etilgan 55 ta sandiqda ovoz bera oladi.

Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxs, mamlakatning maʼmuriy-hududiy tuzilishi va boshqaruviga oid moddalarni oʻzgartirish, prezident vakolatlarini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish, prezidentning ayrim vakolatlarining parlamentga oʻtkazib berilishi, mahalliy hokimliklar vakolatlari va ishonchli vakillari, Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasining maqomi to‘g‘risidagi moddalarning oʻzgartirilishi haqidagi ayrim takliflar oʻtgan yili jamoatchilik muhokamasiga ochilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #konstitutsiya , #referendum

Aloqador xabarlar