Mirziyoyev bilan Putin ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar

Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.

1973574
Mirziyoyev bilan Putin ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Unda, ikki davlat o‘rtasidagi tijoriy va iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash masalalari qo‘lga olindi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan ma’lumot bo‘lishildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Mirziyoyev bilan Putin muloqot chog‘ida, o‘zaro savdoning yana-da orttirilishi va mushtarak hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlarni muhokama qilgan.

Unda shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishda aprel oyining oxirida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasidagi hamkorlik sermahsul bo‘layotganini mamnuniyat bilan qayd etgan O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqqani ifoda etildi.


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar