Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari bir yarim barobarga oshdi

O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

1959410
Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari bir yarim barobarga oshdi

 

O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida O‘zbekiston tomoni fevral oyida Turkiyaning janubi-sharqiy hududlarida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. O‘z navbatida, turkiyalik diplomat tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatish maqsadida Turkiyaning tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlariga qutqaruvchilarni va katta hajmdagi insonparvarlik yordami yuborganligi uchun O‘zbekiston rahbariyatiga alohida minnatdorlik bildirdi.  

Muloqot chog‘ida o‘zaro savdo va sarmoyaviy hamkorlik hajmini oshirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari so‘nggi uch yilda bir yarim barobar, investitsiyalar hajmi esa ikki barobar oshdi. Tomonlar ana shunday ijobiy dinamikani saqlab qolish maqsadida faol hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kildadi.  

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi transport va logistika sohasidagi aloqalarni kengaytirish va yo‘laklarni diversifikatsiya qilish intensivligiga yuqori baho berildi. Shu nuqtai nazardan, joriy yilda ikki mamlakat hududlari o‘rtasida reyslar sonini ko‘paytirish va yangi yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.  

Bundan tashqari, tomonlar joriy yilning ikkinchi yarmida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston ؘ– Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishning tashkiliy masalalarini ko‘rib chiqdilar. Bo‘lajak tadbir kun tartibini istiqbolli shartnoma va kelishuvlar bilan boyitish uchun tegishli vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligini faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar