Turkiya kompaniyasi O'zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyasi quradi

O’zbekistonning Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Alarko holding Altek” kompaniyasi bosh direktori Hakan Aytekinni qabul qildi.

1949833

Uchrashuvda Farg‘onada quyosh fotoelektr stansiyasi qurish va ushbu istiqbolli loyihaning moliyaviy jihatlari muhokama qilindi

Yuzma-yuz muloqotda Hakan Aytekin kompaniya tomonidan Turkiyada 1000 MVtli loyiha ustida ish olib borilayotgani xususida to‘xtalib o‘tdi. Agar zaruriy sharoitlar yaratilsa, kompaniya tomonidan ushbu tajriba asosida Farg‘onada ham mazkur loyihani amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Turkiyalik hamkorlar tomonidan bildirilgan mazkur taklif har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi hamda viloyatning Beshariq, O‘zbekiston va Farg‘ona tumanlaridan loyiha uchun mos joylar bilan tanishtirish uchun mas’ullar biriktirildi.

Uchrashuvda birinchi navbatda loyiha uchun hududlarda joy aniqlash, shundan so‘ng yana uchrashib bu borada birgalikda olib boriladigan sa’y-harakatlar rejasini ishlab chiqishga ham kelishib olindi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar