Qirg‘iziston Turkiyadan yangi "Anka" dronini sotib oldi

Bu haqda Qirg‘iziston davlati rahbari ma’muriyati axborot siyosati bo‘limi rahbari Dayirbek O‘runbekov ma’lum qildi.

1935844
Qirg‘iziston Turkiyadan yangi "Anka" dronini sotib oldi

 

Qirg‘iziston Turkiyaning “Anka” modifikatsiyadagi uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib oldi.

Bu haqda Qirg‘iziston davlati rahbari ma’muriyati axborot siyosati bo‘limi rahbari Dayirbek O‘runbekov ma’lum qildi.

“Qirg‘iziston misli ko‘rilmagan zamonaviy harbiy texnika – “Anka” xarid qildi va yetkazildi”, deb yozdi Dayirbek O‘runbekov o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

O‘runbekov sotib olingan texnikalar sonini aytmagan.

Avvalroq, Qirg‘iziston Turkiyadan “Bayraktar”, “Akindji” va “Aksungur” dronlarini xarid qilgan edi. Ularning barchasi Respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatiga o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, “Anka”ning uchish masofasi 250 km gacha, dron havoda 30 soat turishi mumkin, og‘irligi 1,7 tonna, 350 kg gacha yuk ko‘tara oladi.


Tanlangan kalimalar: #Anka , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar