Turkiya kompaniyasi O‘zbekistonda elektr uzatish tarmoqlarini quradi

Turkiyaning "ŞA-RA ENERJĪ Īnşaat, Ticaret ve Sanayi A.Ş." kompaniyasi 31,89 million AQSH dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 213 km. bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha g‘olib deb topildi.

1926748
Turkiya kompaniyasi O‘zbekistonda elektr uzatish tarmoqlarini quradi

 

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tender savdolari yakunlanib, g‘olib kompaniyalar aniqlandi.

Ma'lumotga ko‘ra, Turkiyaning "ŞA-RA ENERJĪ Īnşaat, Ticaret ve Sanayi A.Ş." kompaniyasi 31,89 million AQSH dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 213 km. bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Shuningdek, Xitoyning "Xian Electric Engineering Co., Ltd" kompaniyasi 14,68 million AQSH dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 72 km. bo‘lgan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha g‘olib deb topildi.

G‘olib kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazilib, 2022 yil 23 dekabr kuni shartnomalar imzolandi.

Loyiha Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib 2022 – 2024 yillarda amalga oshirilishi belgilangan.

Loyiha O'zbekistonning Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining elektr energiyasi taʼminoti ishonchliligi oshirilishiga, energotizimning Toshkent qismida magistral elektr tarmoqlari yuklamalari kamayishiga va ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kelgusidagi talablarga mos holda bo‘lishiga xizmat qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar