FarDU Turkiya universitetlari bilan hamkorlik qiladi

Farg‘ona davlat universiteti rektori R.Maqsudov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasida bo‘lib, bir qator oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik masalalarida kelishuvlarga erishdi.

1889881
FarDU Turkiya universitetlari bilan hamkorlik qiladi

 

O'zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari ham dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan ta’lim sohasida mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Jumladan, Farg‘ona davlat universiteti rektori R.Maqsudov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasida bo‘lib, bir qator oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik masalalarida kelishuvlarga erishdi. 

Delegatsiya a’zolari dunyo universitetlari reytingining mingtaligiga kirgan Karabuk, Tokat Gaziusmonposhsho, Anqara Hoji Bayram Vali, Kastamonu, Yildiz texnik hamda Istanbul universitetlarida bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro almashinuvi, magistratura va doktoranturada o‘qitish, qo‘shma dasturlar ochish, malaka oshirish, simpozium va seminarlar o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldi. Bu boradagi ishlarni hayotga tatbiq qilish va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “yo‘l xaritasi” imzolandi.

Shuningdek, FarDU rektori R.Maqsudov Karabuk universitetida tahsil olayotgan yuzga yaqin o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

R.Maqsudov O‘zbekistondagi islohotlar, ta’lim tizimi va muhandislik sohasidagi ishlar, filologiya fakulteti dekani Z.Rahimov esa jadid adabiyoti, zamonaviy o‘zbek adabiyoti mavzularida talabalarga dars o‘tishdi. 

Uchrashuvlarda Farg‘ona davlat universiteti va Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan istiqbolli loyihalar yuzasidan ham kelishib olindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #FarDU

Aloqador xabarlar