Ozarbayjon Armaniston bilan asirlarni almashdi

Ozarbayjon chegaradagi to'qnashuvlarda halok bo'lgan 32 nafar arman askarining jasadini Armanistonga topshirdi.

1881610
Ozarbayjon Armaniston bilan asirlarni almashdi

 

Ozarbayjon chegaradagi to'qnashuvlarda halok bo'lgan 32 nafar arman askarining jasadini Armanistonga topshirdi.

Ozarbayjon asirga olingan, bedarak yo’qolgan va garovga olingan fuqarolar Davlat komissiyasi tomonidan berilgan bayonotda, 12-14 sentyabr kunlari bo’lib o’tgan to’qnashuvlarda Armanistonning katta talofat ko’rgani qayd etildi.

Bayonotda, harbiy amaliyotlar ortidan Ozarbayjon armiyasi nazorati ostida bo'lgan yerlarda topilgan 32 nafar arman askarining jasadlari Ozarbayjon harbiy prokuraturasi xodimlari tomonidan tekshirilgani va jasadlarda hech qanday zo'ravonlik izi yo'qligi qayd etildi.

Jasadlardan 32 nafari Armanistonga topshirilgan, qolganlari esa tez orada yetkazilishi maʼlum qilingan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi mojaro 12-sentyabrga o‘tar kechasi Ozarbayjonning Dashkesen, Kelbajar, Lachin va Zangilon yo‘nalishlarida arman kuchlarining keng ko‘lamli provokatsiyasi natijasida boshlanganini ma’lum qildi.

Diplomatik sa'y-harakatlar natijasida Ozarbayjon va Armaniston 2-Qorabog' urushidan keyingi eng katta to'qnashuvda o't ochishni to'xtatishga kelishib olgani ma'lum qilindi. Ozarbayjon 79 askari halok bo'lganini e'lon qildi.

Armaniston esa halok bo'lgan arman askarlari sonini 135 deb e'lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar