Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni aybladi

Ilhom Aliyev kecha, 13 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari rahbariyati bilan ikki davlat chegarasida Armaniston tomonidan sodir etilgan provokatsiyalar munosabati bilan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.

1879625
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni aybladi

 

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kecha, 13 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari rahbariyati bilan ikki davlat chegarasida Armaniston tomonidan sodir etilgan provokatsiyalar munosabati bilan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. 

Ozarbayjon davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda tegishli xabarlar taqdim etilgan, Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan ikki davlat chegarasida sodir etilgan provokatsiyalarning oldi olinib, barcha tegishli majburiyat va topshiriqlar bajarilgani ta’kidlangan. 

Shuningdek, yuzaga kelgan keskinlik uchun javobgarlik butunlay Armaniston siyosiy rahbariyati zimmasida ekanligi qayd etildi. 

Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari chegaradagi tezkor vaziyatni nazorat qilmoqda. 

Eslatma: 13 sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Dashkesan, Kalbajar va Lochin yo‘nalishlarida keng ko‘lamli provokatsiyani amalga oshirgan edi.

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida janglar 13 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:05 da boshlandi. Baku Yerevanni provokatsiyalarda aybladi va shuning ortidan to‘qnashuv yuz berganini ma'lum qildi.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, 12 sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Dashkesan, Kalbajar va Lochin yo‘nalishlarida keng ko‘lamli provokatsiya sodir etgan.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar