O‘zbekiston prezidentining kuyovi "Teknofest"da ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidentining kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov festivalda davomida mamlakat Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

1875649
O‘zbekiston prezidentining kuyovi "Teknofest"da ishtirok etdi

 

O‘zbekiston Prezidentining kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Turkiyaning Samsun shahrida o‘tayotgan “Teknofest Aero & Tech 2022” festivalida ishtirok etmoqda.

Bu haqda Turkiya OAV xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, u festival davomida mamlakat Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan ham ko‘rishdi.

Festivalda shaxsan Turkiya Respublikasi Prezidentining kuyovi – “Bayraktar” uchuvchisiz havo vositalari muallifi Selchuk Bayraktar taklifiga binoan ishtirok etayotgan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev ijtimoy tarmoqdagi sahifasida Erdo‘g‘an va Umarov yonma-yon turgani aks etgan suratni e’lon qildi.

“Teknofest’da Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ham ishtirok etib, festival g‘oliblarini taqdirladi. "Teknofest"da minglab yoshlar o‘z ixtirolari bilan ishtirok etdilar, ayniqsa O'zbekiston vakillari ishtirokidan juda faxrlandik”, deydi Sa’dullayev surat izohida.

Kuni kecha, O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Selchuk Bayraktar tomonidan festivalga taklif qilingani haqida xabar bergan edik.

 

Bayraktar droni

“Bayraktar TB2” – Turkiyaning Baykar Makina kompaniyasining uzoq parvoz qila oladigan hujumkor razvedkachi droni hisoblanadi. Uning maksimal tezligi 222 km/soat, qanotlari kengligi 12 m, qurilma havoda 24 soatgacha turishi mumkin, dronning amaliy shifti esa 8,2 ming m.

Dron uchish masofasi 0,5 dan 8 kmgacha bo‘lgan ikkita lazerli boshqariladigan UMTAS tankga qarshi raketalari yoki Turkiyaning Roketsan kompaniyasining to‘rtta Bozok, MAM-C yoki MAM-L boshqariladigan aniq bombalari bilan qurollantiriladi.

Bunday turdagi dronlardan Qorabog‘, Suriya va Liviyadagi jangovar harakatlarda foydalanilgan. Ayni paytda “Bayraktar TB2” dronlari Ozarbayjon, Qatar, Liviya, Marokash, Polsha, Jibuti, Ukraina armiyalari hamda Qirg‘iziston Chegara xizmatida mavjud.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilmalar allaqachon 22 davlatga, jumladan Marokash, Niger va Efiopiyaga sotilgan.



Aloqador xabarlar