O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o'rtasida Toshkent deklaratsiyasi imzolandi

Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiyaning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalaridan masʼul bo‘lgan vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” uch tomonlama birinchi yig‘ilishi o‘z nihoyasiga yetdi.

1862808

Uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan brifingda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov "O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" formatidagi birinchi yig‘ilishning muhim natijalari xususida so‘zlab berdi.

- Umuman olganda, Toshkentda mamlakatlarimizning tashqi ishlar, iqtisodiyot va transport vazirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv davlatlarimizning barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun birgalikda ish olib borish va amaliy natijalarga erishishga eʼtibor qaratish muhimligini tasdiqladi.

Natijada biz yaqin kelajakdagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab beruvchi muhim hujjat - Toshkent deklaratsiyasini imzoladik.

Ushbu formatdagi keyingi uchrashuvlarimiz yana-da samarali bo‘ladi va do‘st mamlakatlarimiz o‘rtasida yana-da yaqinlashuvga ko‘maklashadi.

Anjumanda tomonlar O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiya va transport sohalarida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashga kelishib oldi.

Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar