Qozog‘iston: Nazarboyev maqomiga aniqlik kiritishga hojat yo‘q

Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning “asoschi” sifatidagi maqomiga aniqlik kiritishga hojat yo‘qligi ma'lum qilindi.

1822257
Qozog‘iston: Nazarboyev maqomiga aniqlik kiritishga hojat yo‘q

Qozog‘istonda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar doirasida Nursulton Nazarboyevning “asoschi” sifatidagi maqomiga aniqlik kiritishga hojat yo‘qligi ma’lum qilindi.

Qozog‘iston Davlat kotibi Yerlan Karin mavzu haqida Telegram orqali bergan bayonotida, Konstitutsiyaviy kengash Prezident Qasim-Jomart Toqayevning, “Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish” haqidagi murojaatini ijobiy baholaganini bildirdi.

Karinning taʼkidlashicha, mazkur konstitutsiyaviy islohot iqtidordagi hokimiyat oʻrtasidagi munosabatlar muvozanatini a’lo darajaga olib chiqish, xalqning mamlakat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilgan.

Bundan tashqari ba’zi Konstitutsiyaviy kengash a’zolarining taklifi inobatga olingan holda, mamlakatning Birinchi Prezidenti maqomi toʻgʻrisida qoʻshimcha murojaat ham kiritilganini qayd etgan Karin bu borada: “Ularga koʻra, Birinchi Prezidentning tarixiy roli hammaga ma’lum. Shunday ekan buni Konstitutsiyada alohida koʻrsatish shart emas”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar