O'zbekiston va Türkiye davlatlari Adliya vazirlari memorandum imzoladi

Türkiye Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘anning O’zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat adliya vazirliklari o’rtasida memorandum imzolandi.

1805125
O'zbekiston va Türkiye davlatlari Adliya vazirlari memorandum imzoladi

 

Türkiye Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘anning O’zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat adliya vazirliklari o’rtasida memorandum imzolandi.

O‘zbekiston va Türkiye davlatlari huquq tizimi ham o‘ziga xos bo‘lib, bu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlik sohaning yanada rivojlanishiga, huquqni ta’minlash amaliyotini yuqori pog‘onaga olib chiqishga xizmat qiladi. 

Shu maqsadda tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Türkiye Respublikasi Adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ bilan uchrashdi.

Unda ikki mamlakat o’rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. 

Uchrashuv doirasida sud ekspertizasi sohasida O‘zbekiston va Türkiye Adliya vazirliklari hamkorligi bo‘yicha memorandum imzolandi. 

– Mazkur memorandumning maqsadi sud ekspertizasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga intilgan holda ushbu sohada zamonaviy usullar va vositalarni qo‘llash orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishdan iborat, – deydi O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov.

– Memorandum doirasida sud ekspertizasi sohasida institutsional, huquqiy va metodologik muammolar bo‘yicha tadqiqotlar va izlanishlar olib borish, o‘quv kurslari, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Memorandum sud ekspertizasi sohasida zamonaviy ilmiy usullar va vositalarni qo‘llagan holda ekspertizaning yangi turlarini amaliyotga tatbiq etish uchun xizmat qiladi. 

 


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar