Ilhom Aliyev Qorabog‘da Ozarbayjon xalqini Navro'z bayrami bilan tabrikladi

"Ozod qilingan Qorabog‘da aziz xalqimga tabriklarimni yetkazishdan xursandman. Men Qorabog‘ning rivojlanishi uchun bor kuchimni ishga solishda davom etaman. Qorabog‘ Ozarbayjondir!”,-dedi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev.

1798969
Ilhom Aliyev Qorabog‘da Ozarbayjon xalqini Navro'z bayrami bilan tabrikladi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston ishg‘olidan ozod qilingan Qorabog‘da Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

Prezident Qorabog‘da joylashgan Sukavushan shahrida Navro‘z otashini yoqdi.

Aliyevning ta’kidlashicha, tarixiy g‘alabadan so’ng, Qorabog‘da Navro‘z bayrami ikkinchi marta nishonlanmoqda. 2020-yili Qorabog‘ arman ishg‘olidan ozod qilindi. Bu yo’lda qon to’kildi, ko’plab askar shahid bo’ldi.

Aliyev ishg’oldan ozod qilingan hududlarda keng ko’lamli obodonlashtirish loyihalari amalga oshirilayotganligi, asosiy burchi esa ko’chirilgan fuqarolarni tezroq vataniga qaytarish ekanligini ma’lum qildi.

Prezident shuningdek, Ozarbayjon kuchli davlat va bu vazifalarning barchasini bajarishga qodir ekanini ta’kidladi.

“Biz vatanimiz Qorabog‘ va Zangezurga qaytdik va bu yerda, tarixiy zaminimizda mangu abadiy yashaymiz”,-dedi.

Qorabog'ning tabiiy va tarixiy go'zalliklariga e’tibor qaratgan Ilhom Aliyev:

"Bu goʻzalliklarning barchasini gullab-yashnatamiz. Ushbu hududda Ozarbayjon xalqi farovon, tinch, osoyishta va xavfsizlikda yashaydi. Tinchlik va xavfsizlikning kafolati Ozarbayjon davlati va Ozarbayjon Qurolli kuchlaridir. Ozod qilingan Qorabog‘da aziz xalqimga tabriklarimni yetkazishdan xursandman. Men Qorabog‘ning rivojlanishi uchun bor kuchimni ishga solishda davom etaman. Qorabog‘ Ozarbayjondir!”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Navro'z , #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar