Mirziyoyev bilan Putin Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

1785712
Mirziyoyev bilan Putin Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdi

Bugun 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra O‘zbekiston-Rossiya hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Davlat rahbarlari oliy darajadagi muloqotlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishni ko‘rib chiqqanlar.

Unda shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.



Aloqador xabarlar