Mirziyoyev Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlik tez fursatda qayta tiklanishiga ishonch bildirdi

Kecha 2022-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

1760284
Mirziyoyev Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlik tez fursatda qayta tiklanishiga ishonch bildirdi

10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning joriy masalalari va bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashganlar.

Prezident Toqayev Qozog‘iston Respublikasidagi joriy holat hamda mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot bergan.

O‘zbekiston yetakchisi halok bo‘lganlarning oilalariga yana bir bor hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tezda shifo topishlarini tilagan.

Tomonlar birodar Qozog‘iston zaminida tinchlik va barqarorlik tez fursatda qayta tiklanishiga ishonch bildirdilar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev

Aloqador xabarlar