"Uzbekistan GTL" zavodining ishga tushirilishi Turkiya OAV diqqat markazida

O‘zbekistonda yangi "Uzbekistan GTL" zavodining ishga tushirilishi Turkiya axborot-tahlil markazlari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

1755658
"Uzbekistan GTL" zavodining ishga tushirilishi Turkiya OAV diqqat markazida

 

O‘zbekistonda yangi "Uzbekistan GTL" zavodining ishga tushirilishi Turkiya axborot-tahlil markazlari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Xususan, "The Asia Today International" tahliliy portali va “ANKASAM”  Anqara inqiroz va siyosatni o‘rganish markazi portalida eʼlon qilingan ushbu mavzudagi materiallarda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida "Uzbekistan GTL" yangi zavodining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etgani maʼlum qilingan.

Turkiya axborot-tahlil markazlari maqolalarida  taʼkidlanganidek,  zavod yiliga 3,6 milliard kubometr tabiiy gazni qayta ishlash, 307 ming tonna reaktiv yoqilg‘i, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Materiallarda, shuningdek, davlat rahbari "Uzbekistan GTL" zavodiga tashrifi davomida majmua imkoniyatlarini bevosita ko‘zdan kechirgani, texnologik jarayonlar bilan tanishgani, dispetcherlik markazida yosh mutaxassislar bilan suhbatlashgani haqidagi maʼlumotlar o‘quvchilar eʼtiboriga havola etilgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar