Istanbuldagi ko‘rzgazmada o‘zbek urf-odatlari namoyish etildi

Kecha Istanbulda uyushtirilgan xalqaro ko‘rzgazmada o‘zbek urf-odatlari namoyish etildi.

1754765
Istanbuldagi ko‘rzgazmada o‘zbek urf-odatlari namoyish etildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Istanbul texnik universitetida tashkil etilgan xalqaro ko‘rzgazmada ishtirok etdi. Bu haqida “Dunyo” AA ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra bir necha yillardan beri o‘tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro tadbirda Bosh konsulxona mazkur universitetda tahsil olayotgan vatandosh-talabalar bilan birgalikda qatnashdi.

Ko‘rgazmada shuningdek AQSH, Kanada, Eron, Indoneziya, Qozog‘iston singari 20 ga yaqin davlat vakillari o‘zlarining milliy stendlari bilan ishtirok etdi.

Tadbirni Istanbul texnologiya universiteti rektori professor doktor Ismoil Kuyunju kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Istanbul texnik universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik vatandosh-talabalar milliy kiyimlar kiygan holda ko‘rgazma mehmonlariga o‘zbek oshxonasining asosiy taomlari – palov va  somsa,  milliy cholg‘u asboblari do‘mbira va doira, shuningdek, Rishtonning sopoldan ishlangan laganlarini hamda ganch va yog‘ochdan ishlangan o‘ymakorlik mahsulotlarini  taqdim etdi. O‘zbekiston milliy stendi mehmonlar va ishtirokchilarga katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir chog‘ida O‘zbekiston burchagiga tashrif buyurgan mehmonlarga o‘zbek xalqining urf-odatlari va anʼanalari, boy madaniy, maʼnaviy va tarixiy merosi, ularni asrab-avaylash borasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

 



Aloqador xabarlar