Bag‘dod Amreyev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini olqishladi

“Ushbu tarixiy voqea ko‘p asrlik do‘stlik, ahil qo‘shnichilik, mushtarak til, tarix va buyuk madaniy meros bilan o‘zaro bog‘langan turkiy xalqlar qardoshligining yorqin namunasidir",-deydi Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi.

1747336
Bag‘dod Amreyev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini olqishladi

 

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida strategik aloqalar ittifoqchilik munosabatlari darajasiga ko‘tarilganini olqishlashini ma’lum qildi.

“Ushbu tarixiy voqea ko‘p asrlik do‘stlik, ahil qo‘shnichilik, mushtarak til, tarix va buyuk madaniy meros bilan o‘zaro bog‘langan turkiy xalqlar qardoshligining yorqin namunasidir.

Qozog‘iston–O‘zbekiston ittifoqchilik munosabatlari, shubhasiz, prezidentlarning tarixiy qarori va ikki qardosh davlat siyosiy irodasi bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlik makonini o‘rnatishga qaratilgan.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning bu yangi bosqichi nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga, balki Turkiy davlatlar o‘rtasidagi integratsiya va aloqalarni yanada kengaytirishga hissa qo‘shadi hamda butun Turkiy dunyo birligi va hamjihatligi yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi”,-deydi Bag‘dod Amreyev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 dekabr kuni Nur-sulton shahrida O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog’iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga imzo chekdi.

Hujjatda qardosh xalqlarning hayotiy muhim va uzoq muddatli milliy manfaatlari, ko‘p qirrali sheriklik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadi o‘z ifodasini topgani ma’lum qilindi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston va Qozog‘iston Turkiy davlatlar tashkilotining to‘laqonli a’zosi bo’lib hisoblanadi.

 



Aloqador xabarlar