Turkiya O‘zbekiston prezidentining YEOII sammitida ishtirokiga munosabat bildirdi

"RUSEN" Rossiya va MDH mamlakatlarini o‘rganish markazi direktori Salih Yilmaz Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining majlisini katta qiziqish bilan kuzatganini, chunki YEOII o‘zining samaradorligi va ijobiy iqtisodiy dinamikasini ko‘rsatayotganini aytdi.

1746223
Turkiya O‘zbekiston prezidentining YEOII sammitida ishtirokiga munosabat bildirdi

 

O‘zbekiston Prezidentining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) sammitida videokonferetsaloqa shaklidagi ishtiroki yakunlari Turkiya ekspert va tahliliy hamjamiyati vakillarining diqqat markazida bo‘lib turibti.

Xususan, "RUSEN" Rossiya va MDH mamlakatlarini o‘rganish markazi direktori Salih Yilmaz Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining onlayn-majlisini katta qiziqish bilan kuzatganini, chunki YEOII o‘zining samaradorligi va ijobiy iqtisodiy dinamikasini ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Ekspert joriy yilning 11 oyida O‘zbekistonning YEOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 30 foizga, ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2019 yilga nisbatan 11 foizga oshganini alohida ta’kidladi.

- Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida birgalikda va shoshilinch qarorlar qabul qilishni talab qiluvchi dolzarb vazifalarga e’tibor qaratdi, — dedi ekspert.

– O‘zbekiston rahbarining YEOII doirasida o‘zaro savdodagi to‘siq va cheklovlarni yanada bartaraf etish bo‘yicha tashabbuslari, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya talablarini texnik jihatdan tartibga solishni uyg‘unlashtirish taklifiga alohida e’tibor qaratish lozim. Zero, raqamli texnologiyalarni bojxona va boshqa tartib-taomillarda qo‘llasak, bu YEOII mamlakatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasini tezlashtiradi.

Faqat to‘siqlarni bartaraf etish va savdoning eng qulay samarali mexanizmlarini ishlab chiqish orqali YEOII mamlakatlari bilan birgalikda iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin. Bu esa birlashmadagi barcha mamlakatlarning xalqlari manfaatiga xizmat qiladi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #YEOII

Aloqador xabarlar