Qozog‘istondagi konda yuz bergan fojiada olti kishi halok bo‘ldi

Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin topshirig‘iga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilin boshchiligidagi komissiya voqea joyiga yetib ketgan.

1730505
Qozog‘istondagi konda yuz bergan fojiada olti kishi halok bo‘ldi

 

6 noyabr kuni Qozog‘istonning Qorag‘anda viloyati, Abay shahridagi kon shaxtasining tubida metan gaz chiqishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar gubernatori Jenis Kasimbek ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, "Abay" konidagi K10 ventilyatsiya bo‘shlig‘idadagi konchilarga metan chiqayotgani haqida soat 9:30 da xabar kelgan. 

Shaxtada bu vaqtda 64 kishi bo‘lgan. Ularning 56 nafari o‘zi u yerdan chiqishni uddalagan. Qolgan sakkiz konchi metan sizib chiqqan 3-K10 chuqurligida bo‘lgan. Ularning olti nafari vafot etgan va ikki nafari jarohatlangan.

Hodisa tafsilotlari va sabablari o‘rganilmoqda, konda ishlar to‘xtatilgan.

Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin topshirig‘iga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilin boshchiligidagi komissiya voqea joyiga yetib ketgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston

Aloqador xabarlar