Qozog’iston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev o’z vazifasidan iste’fo etdi

Qozog’iston prezidenti matbuot kotibi Berik Uali xabar berishicha, Nurlan Yermekbayevning o'rniga uning birinchi o'rinbosari Murat Bektanov mudofaa vaziri etib tayinlandi.

1700156
Qozog’iston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev o’z vazifasidan iste’fo etdi

 

Qozog’iston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev o’z vazifasidan iste’fo etdi.

Qozog’iston prezidenti matbuot kotibi Berik Uali xabar berishicha, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste’fosini qabul qildi.

"Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi", — deb ma'lum qilgan Berik Uali ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Nurlan Yermekbayevning o'rniga uning birinchi o'rinbosari Murat Bektanov mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Eslatish joizki, Yermekbayev Qozog‘iston janubidagi harbiy qism omborida yuz bergan portlashlardan so‘ng iste'foga chiqdi. U 26 avgustda Jambil viloyati Bayzakov tumanidagi harbiy o'q-dorilar omborida portlash sodir bo'lganidan keyin mintaqadagi vaziyatni nazoratga olgach, iste'foga ketishga tayyorligini aytgandi.

Rasmiy manbalarga ko'ra, harbiy o'q-dorilar omborida birin-ketin sodir bo'lgan portlashlarda harbiy xizmatchilar va qutqaruv guruhidan 15 kishi halok bo'lgan, 90 kishi jarohatlangan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Nurlan Yermekbayev , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar