Turkiyaning Bitlis viloyatida Yangi O‘zbekiston taqdim etildi

O‘zbekiston istiqlolining 30 yillik bayrami arafasida O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi vakillari Turkiyaning sharqiy hududlarida bo‘lib, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar taqdimotini o‘tkazdi.

1699098
Turkiyaning Bitlis viloyatida Yangi O‘zbekiston taqdim etildi

 

O‘zbekiston istiqlolining 30 yillik bayrami arafasida O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi vakillari Turkiyaning sharqiy hududlarida bo‘lib, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar taqdimotini o‘tkazdi.

Turkiy qavmlarga Onado‘li eshiklarini ochib bergan 1071 yildagi Malazgirt voqealarining 950 yilligi arafasida Turkiya “O‘qchilik” sporti jamg‘armasi Van va Bitlis viloyatlari bilan hamkorlikda xotira tadbirlarini tashkil etdi. Muhoraba bo‘lib o‘tgan maydonda insho etilgan “Millat bog‘i”dagi sayllarda turkiy dunyoning, shu jumladan, O‘zbekistonning taqdimot burchagi tashkil etildi. Tadbirlarda O'zbekistonning milliy-madaniy, hunarmandchilik va turizm salohiyati namoyish etilar ekan, Buxoro, Samarqand, Xiva kabi tarixiy shaharlar haqida maʼlumot berildi.

TURKSOY xalqaro tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari, Anqara universiteti dotsenti Bilol Chakiji so‘nggi besh yilda O'zbekistonda amalga oshirilgan yangilanishlar “Yangi O‘zbekiston” iborasida o‘z ifodasini topayotgani, bu jarayonda turkiy dunyo mamlakatlari bilan  munosabatlarda ham sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi davr boshlangani, hududlararo madaniy aloqalar tobora izchil taraqqiy etayotganini taʼkidladi.

“Bugungi xotira tadbirlari tarixiy nuqtai nazardan ham bevosita O‘zbekistonga aloqador jihatlarga ega. Malazgirtda zafar qozongan Sulton Alparslon Xorazmda tavallud topgan. O‘zbekiston ana shunday jasur va bahodir sarkardalarni yetishtirib bergan yurt. Binobarin, bunday o‘lkaga faqat va faqat mustaqillik yarashadi. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston istiqlolining 30 yillik to‘yi munosabati bilan barcha o‘zbek xalqini samimiy tabriklayman”, - dedi u.

Tadbir doirasida o‘zbek milliy taomlari taqdimoti ham o‘tkazildi. O'zbekistonning gastronomik turizm imkoniyatlari mahalliy ziyoratchilarda katta taassurot qoldirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar