O‘zbekiston vakillari o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha Turkiya tajribasini o‘rgandi

Kuni kecha O‘zbekiston o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori Ibrohim Ergashev boshchiligidagi delegatsiya  amaliy safar bilan Turkiyada bo‘ldi.

1691285

Safar chog‘ida O‘zbekiston vakillari Turkiya  qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi, urug‘chilik, ko‘chat yetishtirish, tuproq tahlili, zararli o‘simlik hashoratlari, virus va bakteriyalarga qarshi kurashish markaziy ilmiy-tadqiqot institutlari, referans laboratoriyasi, Turkiya urug‘ ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (TÜRKTOB), sohani raqamlashtirish bo‘yicha texnologik yechimlarni taklif etuvchi qator xususiy biznes vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Bundan  tashqari, organik mahsulotlarni yetishtirish va qishloq xo‘jaligida yaxshi amaliyotni qo‘llash (GAP), tuproq tahlili va xaritalarini tuzish, pestitsidlarni nazorat qilish hamda davlat tarafidan fermer va dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar natijasida tomonlar o‘zaro elektron fitosanitariya sertifikatlarni yo‘lga qo‘yish, o‘quv-amaliy treninglar tashkil qilish, hamda karantin nazorati sohasida yaqindan hamkorlik o‘rnatishga kelishib oldi.

Aloqador xabarlar