O‘zbekiston va Turkiya o'rtasida texnologiyalar transferi bo'yicha hamkorlik faollashmoqda

O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari va Turkiyaning "Conectto" texnologiyalar transferi ofisi o‘rtasida onlayn-muloqot tashkil etildi.

1669374
O‘zbekiston va Turkiya o'rtasida texnologiyalar transferi bo'yicha hamkorlik faollashmoqda

 

O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi va Turkiyaning "Conectto" texnologiyalar transferi ofisi o‘rtasida onlayn-muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Milliy ofis vakillari Innovatsion rivojlanish vazirligi va Milliy ofis faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdi.  Turk tomoni, o‘z navbatida, "Conectto" texnologiyalar transferi ofisi faoliyati va kelgusi rejalari haqida so‘zlab berdi.

Tomonlar texnologiyalar transferini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mazkur jarayonda muhim o‘rin tutuvchi intelektual mulk huquqi, patentlash, tijoratlashtirish va texnologiyalarni mahalliylashtirish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro trening kurslar tashkil etish, sanoat klasterlari faoliyati doirasida hamkorlik qilish, mutaxassislar almashuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yangi texnologiyalar transferini rivojlantirish kabi masalalar xususida fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi va "Conectto" texnologiyalar transferi ofisi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolash, ushbu hujjat asosida amaliy hamkorlikni boshlashga kelishib olindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar