Qozog‘iston parlamenti Senati Raisi 3 iyun kuni Toshkentga tashrif buyuradi

Qozog‘iston parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev O'zbekiston Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashadi.

1649707
Qozog‘iston parlamenti Senati Raisi 3 iyun kuni Toshkentga tashrif buyuradi

 

Joriy yilning 3-4 iyun kunlari Qozog‘iston parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

O'zbekiston Parlamenti yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, tashrif kun tartibidan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvlari o‘rin olgan.

Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi rahbari, shuningdek, "Mustaqillik va ezgulik" monumentiga gul qo‘yadi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Hazrati Imom", Shayx Xovandi Tohur majmualari, “Qaldirg‘ochbiy” maqbarasi, “Texnopark”ka tashrif buyuradi, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashadi.



Aloqador xabarlar