O’zbekiston prezidenti Turkiy Kengashning norasmiy sammitida ma’ruza qildi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sammitda so'zlagan nutqida Turkiy Kengashga a'zo mamlakatlarining o'z investitsiya jamg'armasi va rivojlanish bankini tashkil etish vaqti yetib kelganini ta'kidladi.

1612331
O’zbekiston prezidenti Turkiy Kengashning norasmiy sammitida ma’ruza qildi

 

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy Kengashning norasmiy sammitida ma’ruza qildi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus epidemiyasi tufayli videoanjuman shaklida o'tkazilgan Turkiy Kengashning norasmiy sammitida nutq so’zlab, Turkiy Kengashga a'zo mamlakatlarining o'z investitsiya jamg'armasi va rivojlanish bankini tashkil etish vaqti yetib kelganini ta'kidladi.

O’zbekiston buning uchun aniq qadamlar tashlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Prezident shuningdek, mamlakatlar o'z salohiyatlaridan birgalikda foydalanish orqali har qanday qiyinchiliklarga tayyor bo'lishlari kerakligini ta'kidlab,  asosiy maqsadlari bo'lmish iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash uchun ma'lum hujjatlar imzolanishi kerakligini aytdi.

" Biz aniq qadamlar tashlashga tayyormiz "

Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Turkiy kengashning o'z investitsiya fondini va rivojlanish bankini tashkil etish vaqti yetib keldi. Biz mana shu maqsad yo’lida aniq qadamlar tashlashga tayyormiz. Bundan tashqari, transport va tranzit sohasini rivojlantirishning ahamiyati ortib bormoqda. Buning uchun imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham  yetarli. Boshqacha qilib aytganda, biz Markaziy Osiyo orqali jahon bozoriga chiqishimiz kerak. Buning uchun infratuzilma loyihalarini amalga oshirish talab etiladi”,- dedi.



Aloqador xabarlar