Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li Qirg’izistonga tashrif buyurdi

Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li poytaxt Bishkekda Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi.

1598718
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li Qirg’izistonga tashrif buyurdi

 

Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Qirg’izistonga tashrif buyurdi. Mavlud Chavusho‘g‘li poytaxt Bishkekda Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi.

Qirg'iziston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko'ra, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi dolzarb hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Sadir Japarov joriy yil Qirg'iziston bilan Turkiya o’rtasidagi diplomatik munosabatlar o’rnatilganiga 30 yil to’lgani munosabati bilan mamnunligini qayd etdi.

Japarov o’z navbatida qishloq xo'jaligi, to'qimachilik, tog'-kon sanoati, gidroenergetika va boshqa sohalarda qo'shma korxonalar tashkil etish va hamkorlikni kengaytirishning ahamiyatiga e'tibor qaratdi.

Qirg'iziston prezidenti ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy salohiyatga javob beruvchi qo’shma loyihalar amalga oshirilishi zarurligini aytgan.

U Turkiya va Qirg’iziston o’rtasidagi o’zaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga harakat qilish zarurligini ta'kidladi.

Mavlud Chavusho‘g‘li Bishkekda Ata Bayit yodgorligini ziyorat qildi.



Aloqador xabarlar