Tog‘li Qorabog‘ shahidlarining kredit qarzlaridan voz kechildi

Tog‘li Qorabog‘ shahidlarining banklarga bo‘lgan qarzlarining foizlari bilan o‘chirilgani qayd etildi.

1550047
Tog‘li Qorabog‘ shahidlarining kredit qarzlaridan voz kechildi

Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan Tog‘li Qorabog‘ni ishg‘oldan qutqarish maqsadida olib borilgan amaliyotda shahid bo‘lgan 830 askarning kredit qarzlaridan voz kechildi.

Ozarbayjon Markaziy banki tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, shahid askarlarning banklarga bo‘lgan qarzlarining foizlari bilan o‘chirilgani qayd etildi.  

Bayonotda, 286 shahid yaqini bilan 1 323 nafar tan jarohati olgan askar, Armaniston hujumlarida halok bo‘lgan 15 nafar tinch aholi bilan tan jarohati olgan 9 kishining qarzining o‘chirilgani qayd etildi.  

Ozarbayjon Qurolli kuchlari 27 - sentabrda boshlatgan amaliyot orqali 5 ta shahar markazi, 4 ta shaharcha va 286 ta qishloqni Armaniston ishg‘olidan qutqardi.  Ortidan Armaniston mag‘lubiyatni tan olar ekan ayni vaqtda ishg‘ol ostida qolgan Ag‘dam, Lochin va Kalbajar viloyatlarini ham boshatishni zimmasiga olgan kelishuvga qo‘l qo‘ygandi.

Ozarbayjon Qurolli kuchlari urushda 2 800 dan ortiq shahid bergandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tog‘li Qorabog‘ , #kredit qarzi

Aloqador xabarlar