Turk harbiylar Tog’li Qorabog’ni minadan tozalashda ishtirok etmoqda

Turkiya quruqlik kuchlari qo’mondonligiga qarashli minalarni qidirish va yo’q qilish bo’yicha maxsus bo’linmasida xizmat qilgan 136ta harbiy ishg’oldan ozod qilingan hududlarni minadan tozalashga kirishdi.

1546976
Turk harbiylar Tog’li Qorabog’ni minadan tozalashda ishtirok etmoqda

 

Turkiya milliy mudofaa vazirligi Armaniston ishg’olidan ozod qilingan Tog’li Qorabog’da minadan tozalash ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Tog’li Qorabog’ hududlarini minadan tozalash ishlariga Turkiyadan maxsus harbiylar jalb etilgan.

Turkiya quruqlik kuchlari qo’mondonligiga qarashli minalarni qidirish va yo’q qilish bo’yicha maxsus bo’linmasida xizmat qilgan 136ta harbiy ishg’oldan ozod qilingan hududlarni minadan tozalashga kirishdi.

“Ozarbayjon qurolli kuchlarining qahramonlarcha kurashi natijasida Armaniston ishg’olidan ozod qilingan Tog’li Qorabog’da minadan tozalash ishlari olib borilmoqda”,-deyiladi Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonotida.

Turk harbiylar shuningdek, Ozarbayjonda harbiylarga hududlarni minadan tozalash bo’yicha zaruriy ko‘nikmalarni o‘rgatadi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Tog'li Qorabog' , #Turkiya

Aloqador xabarlar