Sadir Japarov prezident saylovida ishtirok etish uchun vakolatlaridan voz kechdi

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov davlat rahbarligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etish uchun o‘z vakolatlaridan voz kechdi. U markaziy saylov komissiyasiga hujjat topshirdi.

1528151
Sadir Japarov prezident saylovida ishtirok etish uchun vakolatlaridan voz kechdi

 

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov davlat rahbarligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etish uchun o‘z vakolatlaridan voz kechdi. U 10 yanvarda bo'lib o'tadigan prezident sayloviga o'z nomzodini qo'ydi.

Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Sadir Japarovning bosh vazirlik vazifasi bosh vazirning birinchi o'rinbosari Artem Novikovga topshirilgan. Sadir Japarovning prezidentlik vakolatlari esa, parlament spikeri Talant Mamitovga o‘tgan.

Ma'lumotga ko'ra, Sadir Japarov davlat rahbari lavozimiga nomzodi ro‘yxatga olinishi uchun markaziy saylov komissiyasiga hujjat topshirgan.

Qirg‘iziston prezidenti saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, mamlakat prezidentligiga saylanish uchun hozirgacha 63 kishi ariza bergan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Sadir Japarov

Aloqador xabarlar