Armaniston Ozarbayjonning Ganja shahriga raketa otdi

Ozarbayjon qo’shini Armanistonga qarshi keskin javob choralarini qo’lladi. Unda Armaniston qo’shini katta yo’qotishlarga uchradi. 38 nafar arman askar o’ldirildi, ular orasida Xojali qatliomida faol ishtirok etgan terrorist Aleksandr Arutyunyan ham bor.

1506709
Armaniston Ozarbayjonning Ganja shahriga raketa otdi

 

Ozarboyjon va Armaniston 10 oktyabr kuni soat 12:00dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi.

Bunga qaramay, Armaniston qo’shini Ganja, Berda, Tartar va Mingechevir tumanlariga tunda raketa otdi. Buning oqibatida 7 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 33 kishi jarohatlandi.

Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Armaniston Ozarbayjonning ikkinchi katta shahri Ganjaga raketa hujumini sodir qildi. Hujumda 7 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 33 kishi jarohatlandi”,-deyiladi ma’lumotda.

Jarohatlanganlar orasida yosh bolalarning ham borligi aytilmoqda. Hujumda 30dan ortiq uy va 50dan ortiq ishxona zarar ko’rgan.

Ozarbayjon qo’shini Armanistonga qarshi keskin javob choralarini qo’lladi. Unda Armaniston qo’shini katta yo’qotishlarga uchradi. 38 nafar arman askar o’ldirildi, ular orasida Xojali qatliomida faol ishtirok etgan terrorist Aleksandr Arutyunyan ham bor.

Shuningdek, dushmanning 2 Grad raketa tizimi, 7 artilleriya qurilmasi va 2 kamazda o’q-dorisi yo’q qilindi.

Shu bilan birga, Ozarbayjon havo mudofaa kuchlari Mingechevir shahrida Armanistonga oid dronni urib tushirdi.

Ozarbayjon vitse-prezidenti Xikmat Xojiyev Armaniston Jabroyil va Hadrutda katta yo’qotishlarga uchraganligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, insonparvarlik yordami bahonasida Armanistonga raketa tizimlari olib kelinmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Armaniston

Aloqador xabarlar