Rossiya, Ozarbayjon bilan Armanistonga Moskvada uchrashishni taklif qildi

Ozarbayjon, Armaniston tomonidan bosib olingan tuproqlarini qutqarish uchun o‘z kurashini davom ettirmoqda.

1500834
Rossiya, Ozarbayjon bilan Armanistonga Moskvada uchrashishni taklif qildi

Rossiya, Ozarbayjon bilan Armanistonga poytaxt Moskvada uchrashishni taklif qildi.

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jeyhun Bayramov va Armaniston Tashqi Ishlar vaziri Zohrab Mnatsakanyan bilan telefon orqali muloqat qilgan.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat qo‘lga olingan muloqatda rus tomoni, Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasida davom etgan to‘qnashuvlardan tashvishda ekanini yetkazgan.

O‘q uzishni to‘xtatish, taranglikni yumshatish zarurligi, “ig‘vogar” va “urush” tusidagi ritoriklardan uzoqlashish kerakligi aytilgan muloqatda, tomonlarning muzokara jarayonini takror boshlatishi shartligi qayd etilgan.

Rossiyaning Tog‘li Qorabog‘ masalasining hal qilinishida o‘rtamchilik qilish faoliyatini davom ettirishiga e’tibor qaratilgan muloqatda Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya Tashqi Ishlar vazirlarining uchrashuvlari doxil kerakli aloqalarni o‘rnatish uchun Moskva sohasi taklif qilindi.



Aloqador xabarlar