Erdo‘g‘an O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyev do‘st Turkiya xalqini milliy bayram – 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan tabrikladi.

1403667
Erdo‘g‘an O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qildi

 

Bugun, 22 aprel chorshanba kuni, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, davlat rahbarlari avvalo muborak Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi, shuningdek qardosh turk va o’zbek  xalqiga sihat-salomatlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyev do‘st Turkiya xalqini ushbu mamlakatda keng nishonlanadigan milliy bayrami – 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan ham tabrikladi. 

Muloqotda Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdo‘g‘an yangi global xatar – koronavirus infeksiyasining keng tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilish masalalariga alohida to‘xtaldilar.



Aloqador xabarlar