O’zbekistonda koronavirus tufayli Navro‘z bayramini o'tkazish bekor qilindi

Vazirlar Mahkamasi 13 martdagi yig‘ilishda O‘zbekistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator tadbirlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

1378522
O’zbekistonda koronavirus tufayli Navro‘z bayramini o'tkazish bekor qilindi

 

O’zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar bekor qilindi.

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi.

Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar ko‘rilgan holda o‘tkaziladi.

Vazirlar Mahkamasi 13 martdagi yig‘ilishda O‘zbekistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator tadbirlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Xususan, Navro‘z bayrami arafasida Toshkentda o‘tadigan Navro‘z marafoni, Xivada 31 mart -1 aprel kunlari tashkil etiladigan “2020 yilda Xiva shahri turkiy dunyo madaniyati poytaxti” yilining rasmiy ochilish marosimi hamda “Buxoro shahri -Islom olami madaniyati poytaxti”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan 14-16 aprel kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar bekor qilindi.

O‘z navbatida, asosiy bayram tadbirlari va xalq sayllari o‘tkaziladigan joylarda yangi turdagi “COVID-19” koronavirusining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida tegishli profilaktik choralar ko‘riladi, tibbiy nazorat kuchaytiriladi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Navro'z bayrami , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar